Matningizni boshqa yozuvda o‘qing.
Alifbom o‘zbekcha kirill matnini lotinga va lotin matnini kirillga avtomatik o‘giradi. Matn va hujjatlar qurilmangizda qayta ishlanadi.
Kirill–lotin konvertorini ochishUch qadamda tayyor
- “Kirill ↔ lotin” turini va kerakli yo‘nalishni tanlang.
- Matn kiriting yoki “Hujjat” bo‘limidan PDF, DOCX, PPTX yoki TXT fayl yuklang.
- Natijani tekshiring, nusxalang yoki o‘z formatida yuklab oling.
Bir nechta misol
Ўзбекистон, шаҳар, ғоя, қуёш
O‘zbekiston, shahar, g‘oya, quyosh
Avtomatik o‘girishning chegarasi
Yozuv almashtirish tarjima yoki to‘liq imlo tekshiruvi emas. E/ye, ts, yumshatish belgisi, ruscha so‘zlar va atoqli otlar bir ma’noli bo‘lmasligi mumkin. Masalan, “obyekt” kabi so‘zlarda kirilldagi ajratish belgisini lug‘atsiz tiklash qiyin. Muhim hujjatlarda natijani albatta tekshiring.
O‘zgargan harflarni ko‘ring
Konvertor ostidagi “O‘zgargan harflarni ko‘rsatish” belgisini yoqing. Natijada o‘girilgan qismlar rang bilan ajratiladi. Nusxalangan matnga bu ranglar qo‘shilmaydi.
Skanerlangan PDF
OCR’ni yoqing va rasmdagi yozuv tilini tanlang. Bir faylda 10 ta skanerlangan sahifagacha o‘qiladi. Xira suratlar, qo‘lyozma va murakkab jadvallarda aniqlik pastroq bo‘lishi mumkin. Yangi PDF asl hujjat maketini saqlamaydi.
Yangi o‘zbek alifbosiga o‘girish
2026-yil 21-oktabrdagi O‘RQ–1184-son qonun bilan tasdiqlangan alifbo 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Konvertorda “Yangi alifbo” turini tanlang: O‘ → Ö, G‘ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Masalan, “O‘zbekiston, shahar, chiroy” → “Özbekiston, şahar, çiroy”.
Avval rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘z kuchini saqlaydi. Qonunning rasmiy matni — Lex.uz. Atoqli otlar va chet tilidagi so‘zlarni o‘girgandan keyin tekshiring.
Word va PowerPoint fayllari
DOCX va PPTX ichidagi matn o‘giriladi, fayl o‘z formatida qaytariladi. Rasmlarning ichidagi yozuv avtomatik o‘zgarmaydi. Matn uzunligi o‘zgargani uchun jadval, sahifa va slaydlarni yuklab olgach tekshiring. Eski DOC yoki PPT faylini avval Word yoki PowerPoint orqali DOCX yoki PPTX formatida saqlang.
Maxfiylik
Matn va fayllar serverga yuklanmaydi. OCR modullari saytdan yuklanadi, tanish jarayoni brauzeringizda bajariladi. Alifbom ushbu ma’lumotlarni analitika xizmatiga yubormaydi.
Matnni o‘girish